G’ALTAK NERV



G’ALTAK NERV (peguiv xgossheash) — bosh miya nervlarinit 4-jufti; harakatlantiruvchi nerv. G’altak nervning bir juft yadrosi o’rta miyada kulrang modda markazida joylashgan, ildizi Markaziy kulrang modda orqali miyaning old elkaniga o’tib, qarama-qarshi tomonidagi G’altak nervning ildizi bilan kesishadi, miya oyoqchasini egib, miya qattiq qobig’iga, so’ng ko’z kosasining ustki yorig’i orqali ko’z kosasiga kirib, ko’z soq-qasining ustki qiyshiq muskuliga boradi. Ko’z kosasi, g’ovaksimon bo’shliq, miya asosi kasalliklari va miyacha o’smasida G’altak nerv faoliyati buziladi. G’altak nerv falajlanganda ko’z soqqasining pastga va tashqariga harakatlanishi qiyinlashib, ko’zda g’ilaylik va ikkita qilib ko’rish — diplopiya va boshqalar kuzatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz