Gallyutsinatsiyalar




Gallyutsinatsiya (lotincha: alucinatio — xom xayol, bemaʼni, xato) — yoʻq narsa va hodisalarni bordek idrok etish. Idrok etilgan yoʻq obrazlar tashqi tasvirga ega boʻlib, ular borliqda real narsalar kabi oʻrin oladi va shu tufayli bemor bularning rostligiga ishonadi, aslida yoʻq narsalarni koʻrayotgan, eshitayotgandek boʻladi. Ruhiy va infeksion zararlanishlar, bosh miya shikastlari, alkogolizm bilan bogʻliq psixozlarda, giyohvandlikning baʼzi xili, ruhiy iztirob va h.k. oqibatida yuzaga keladi. Gallyutsinatsiyani birinchi boʻlib fransuz psixiatri Jean-Étienne Dominique Esquirol taʼriflab bergan (1817). Gallyutsinatsiyalar bosh miya barcha faoliyatining buzilishi bilan bogʻliq boʻlib, u faqat idrok etish va tasavvur qilishning buzilishigina boʻlmay, balki bemorning atrof muhitga boʻlgan munosabati, uning hissiyoti va tafakkurlarining ham oʻzgarishidir. Gallyutsinatsiyaning oddiy va murakkabligi, qaysi analizatorga taalluqliligi, gallyutsinator obrazlarning tasviri hamda paydo boʻlish sharoitiga qarab bir necha xilga ajratiladi. Gallyutsinatsiyaning oddiy xili, yaʼni elementar gallyutsinatsiyaga fotopsiyalar (koʻz oldida uchqun, tutun yoki tuman koʻrinishi) hamda akazmlar (quloqqa shovqin, qarsillagan tovush eshitilishi) kirib, ular har doim predmetsiz yuzaga keladi. Gallyutsinatsiyaning murakkab xili doim predmetli va tasviriy tabiatga (bemorning koʻz oʻngida unga tashlanayotgan hayvon yoki qon koʻrinishi mumkin) ega boʻladi.

Tabiatiga koʻra (sezgi aʼzolari yoki analizatorlar boʻyicha) koʻrish, eshitish, hid bilish, taʼm bilish, taktil va umumiy sezgi, shuningdek vestibulyator va motor gallyutsinatsiyalar farq qilinadi. Bemorda bir vaqtning oʻzida bir nechta gallyutsinatsiya kuzatiladi. Mas, bemor (aslida yoʻq) tanish yoki notanish kishilarni koʻri-shi, gaplarini eshitishi; gullarni koʻrib ularni ushlashi yoki hidlab koʻrishi mumkii. Gallyutsinatsiyadan imperativ mazmundagi eshitish gallyutsinatsiyai xavfli, bunda gʻoyibdan kelgan tovush bemorga biror ish (oʻzini oʻldirish, ovqat yemaslik, uyni yoqish, atrofidagilarga tajovuz qilish) buyuradi. Asli yoʻq tovushga bemor itoat qilib baʼzan jinoyatga qoʻl urishi, oʻz-oʻziga yoki oʻzgalar joniga qasd qilishi mumkin. Gallyutsinatsiya paydo boʻlish vaqti va sharoitiga koʻra gipnogagik (uyqu oldi) va gipnopampik (uygʻonish vaqtida), klinik kechishiga qarab esa chin va soxta xillarga ajratiladi. Gallyutsinatsiyani imyuzshshan farqlamoq kerak. Gallyutsinatsiya koʻpgina ruhiy kasalliklarning oʻziga xos belgilaridan hisoblanadi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Gallyutsinatsiyalar — bu odamning haqiqatda mavjud bo‘lmagan narsalarni ko‘rishi, eshitishi, hidlash yoki his qilishi holatidir. Gallyutsinatsiyalar asosan psixik kasallik, miyaga ta’sir etuvchi jarohatlar yoki moddalar (masalan, giyohvandlik) tufayli yuzaga keladi.

Gallyutsinatsiyaning turlari:

  1. Vizual gallyutsinatsiyalar — ko‘z oldida mavjud bo‘lmagan narsalarni ko‘rish (masalan, odamlar, hayvonlar, rang-barang shakllar).
  2. Auditor gallyutsinatsiyalar — eshitish qobiliyatiga ta’sir qiladi; bemor o‘ziga gapirayotgan yoki yangi tovushlarni eshitadi.
  3. Sensorli gallyutsinatsiyalar — tanada yoki terida mavjud bo‘lmagan sezgirlik his qilish (masalan, tishlash, qichishish).
  4. Gustator (ta’mga oid) gallyutsinatsiyalar — haqiqatda mavjud bo‘lmagan ta’mlarni sezish.
  5. Olfaktor (hidga oid) gallyutsinatsiyalar — mavjud bo‘lmagan hidlarni sezish.

Gallyutsinatsiyalarning sabablari:

Davolash:

Gallyutsinatsiyalarni davolash sabablarga bog‘liq. Agar asosiy sabab psixik kasallik bo‘lsa, psixiatriya mutaxassisi tomonidan dori-darmonlar (antipsixotiklar) buyuriladi. Shuningdek, psixoterapiya, to‘g‘ri uyqu rejimi, stressni kamaytirish va sog‘lom turmush tarzini saqlash muhimdir.

Agar siz yoki yaqinlaringizda gallyutsinatsiya yuzaga kelsa, mutaxassisga murojaat qilish zarur, chunki bu holat jiddiy kasallik yoki miya faoliyatining buzilishidan dalolat berishi mumkin.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz