Galit Chait
Galit Chait (ivritcha: גלית חייט; Galit Hayat ; 1975-yil 29-yanvarda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan isroillik muz raqqosasi. Sherigi Sergey Saxnovskiy bilan birga 1995-yildan 2006-yilgacha Isroil vakili sifatida xalqaro musobaqalarda qatnashib, 2002-yilgi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan.
Faoliyati
Chait 1990-yili sport oromgohida dars beruvchi otasi bilan Rossiyaga sayohat qilganida ilk bor muz ustida raqs sport turini oʻzida sinab ko‘rgan.
Chait 1992 — 1994-yillarda Maks Sevostianov bilan juftlikda AQShning milliy musobaqalarida qatnashgan. Juftlik 1994-yilgi AQSh chempionatida murabbiy Rene Roka bilan mashgʻulotlar oʻtagan. 1994-yilda juftlik U. S. Nationals musobaqasida 6-oʻrinni va Jahon chempionatida 28-oʻrindan joy olgan (Isroilni vakili sifatida).
Chait Sergey Saxnovski bilan Delaver universitetida oʻqib yurganida tanishib qolgan. 1995-yildan boshlab u bilan juftlik hosil qilgan. Ular Nyu-Yorkning Monsi shahriga koʻchib oʻtishdan oldin murabbiylar Lyudmila Buytskova va Yelena Maslenikova bilan dastlab Rossiyada musobaqalar uchun tayyorgarlik koʻrishgan. Juftlik xalqaro reytingda muttasil yuksalgan. Ularning faoliyatidagi eng yorqin voqea 2002-yilgi Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritganida sodir boʻlgan. Sergey Saxnovski oyogʻidan jarohat olgan va bu juftlikni 2006 — 2007-yilgi mavsumni oʻtkazib yuborishga majbur qilgan va keyinchalik ular isteʼfoga chiqishlarini eʼlon qilgan. Juftlikka Natalya Dubova, Tatyana Tarasova, Yevgeniy Platov, Natalya Linichuk va Gennadiy Karponosov murabbiylik qilgan.
Chait 2002 va 2006-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Isroil bayroqdori boʻlgan.
Chait Xalqaro konkida uchish ittifoqining texnik mutaxassisi sanaladi.
Murabbiylik faoliyati
Chait quyidagi konkida uchuvchilarga murabbiylik qilgan:
2010-yildan boshlab Chait figurali uchish boʻyicha Isroil jamoasining bosh murabbiyi etib saylangan.
Dasturlari
(Saxnovskiy bilan)
Natijalari
GP: Chempionlar seriyasi / Gran-pri
Saknovskiy bilan
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org