Galina Saidova




Galina Karimovna Saidova (oʻzbekcha: Galina Karimovna Saidova — 1956-yil, Samarqand, OʻzSSR, SSSR) — 2011-yildan Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri. 2011-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosi.
Galina Karimovna Saidova 1956-yilda Samarqand shahrida tugʻilgan.

Oliy maʼlumotli. Samarqand kooperativ institutini (hozirgi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti) iqtisodiyot mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Karyerasi



1. 1987—1991-yillarda Oʻzbekiston SSR Davlat qoʻmitasining isteʼmol tovarlari savdosi va xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi.

2. 1992-yilda — „Toshkent“ birjalar aksiyadorlik birlashmasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari.

3. 1992—1994-yillarda — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori.

4. 1994—1997-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi tahlil va statistika davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.

5. 1997—2002-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi.

6. 2002—2005-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi qoʻmita raisi.

7. 2003—2005-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari — Makroiqtisodiyot va umumiy iqtisodiy tahlillar majmuasi rahbari.

8. 2005—2006-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari — Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi.

9. 2006—2010-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining makroiqtisodiy parametrlar va moliya-valyuta balansi hamda Respublika investitsiya dasturini ishlab chiqish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari.

10. 2008—2010-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori.

11. 2010—2011-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.

12. 2011—2017-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri. Bu lavozimda u oʻzining sobiq lavozimini egallagan Ravshan Gʻulomovni almashtirdi. Galina Saidova 2011-yil 1-avgustdan buyon kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.

13. 2017-yil 1-noyabrdan hozirgi kungacha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi oʻrinbosari.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz