Galina Pugachenkova




Galina Anatolyevna Pugachenkova (1915.7.2, Olmaota) — sanʼatshunos, arxeolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Oʻrta Osiyo industrial institutini tugatgan (1937). Oʻrta Osiyo universiteti (Toshkent Davlat Universiteti) tarix fakulteti arxeologiya kafedrasi do-senti (1942—60), professor (1962). Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida katta il-miy xodim (1958—60), sanʼat va meʼmorlik tarixi boʻlimi mudiri (1960— 84) hamda, ayni bir paytda, Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspedi-siyasi boshligʻi va ilmiy rahbari (1959—84), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlari boʻlimi akad.-kotibi (1984— 87), 1987-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix ilmiy tadqiqot institutida akademikmaslahatchi. P.ning ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo va unga yondosh Oʻrta Sharq mamlakatlarining qad. va oʻrta asrlar badiiy va moddiy yodgorliklarini oʻrganishga ba-gʻishlangan. Oʻrta Osiyo meʼmorligi va uning taraqqiyoti, oʻziga xos xususiyatlari hamda Sharq meʼmorligi rivojida tutgan oʻrni (Xolchayon, Dalvarzintepa kabi yodgorliklarni oʻrganish, Kushan sanʼatining kelib chi-qishi, Baqtriya, Parfiyaning Gandhara sanʼatiga qoʻshgan hissalari)ni, qad. sanʼat osori atiqalari (Oʻrta Osiyo gliptikasi, qad. haykal-taroshligi va boshqalar) va miniatyura sanʼati (xorijda saqlanayotgan Oʻrta Osiyoga oid rasmlar va Oʻzbekistonda mavjud rasmli qoʻlyozmalarni bezagan mi-niatyuralardan Oʻrta Osiyo miniatyura maktabiga tegishlilari)ni tadqiq etgan.

Fransiyadagi Strasburg universitetining faxriy doktori (1976), Bokudagi Sharq mamlakatlari xalqaro meʼmorlik aka-demiyasi faxriy akademik (1999). Hamza (1966) va Beruniy (1992) nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotlari laureati. "Doʻstlik" (1995) va "Buyuk xizmatlari uchun" (2002) ordenlari bilan mukofotlangan.

Manbalar




Adabiyot




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz