GALETLI BATAREYA



GALETLI BATAREYA — elektr toki batareyalarining bir turi; yassi qatlamqatlam tuzilishli “quruq” galvanik elementlar — “galetlar”ni ketma-ket ulab yasaladi. Galetlardan foydalanish natijasida batareyalarning ish hajmidan samaraliroq foydalaniladi, ko’rsatkichlari yaxshilanadi. Galetli batareyaning o’lchamlari va elekt yurituvchi kuch miqdori galetlarning soniga va o’lchamlariga bog’liq bo’ladi. Galetli batareyadan aloqa apparatlarida, geofizika asboblari va boshqalarda mustaqil elektr energiyasi manbai hamda anod batareyasi sifatida foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz