Galen preparatlari




Galen preparatlari (Praeparata galenica, s, Galenica)— oʻsimliklar (ildizi, bargi, guli, poʻstlogʻi va b.), minerallar va hayvonlar xom ashyosini qayta ishlab olinadigan dorilar. Kds. Rim vrachi Klavdiy Galen nomi bilan yuritiladi. Fakat Galen davrida emas, balki hozir ham turli farmatsevtik usullar bilan tayyorlangan har xil dorilar G. p. deb ataladi. Koʻpchilik G.p. xom ashyodan, uni suv, spirt, efir yoki spirt bilan suv, efir bilan spirt aralashmalari vositasida ekstraksiya qilib olinadi. Boshqalari esa, odatda, biror dorivor moddaning suv, spirt yoki yogʻdagi eritmasidan iboratdir. G. p.ning asosiy guruxlari: ekstraktlar, nastoykalar, xushboʻy suv va spirtlar, sharbatlar, eritmalar, sovunli spirtlar, sovunkrezolli preparatlar va h. k. Zamonaviy shifobaxsh preparatlar (pepsin, tireoidin, aloy, kora smorodina ekstraktlari, allilsat va b.) G. p. sirasiga kiradi.

Neogalen (novogalen) preparatlari oʻsymlik xom ashyosidan tayyorla-nib, ballast moddalardan mumkin qadar tozalangan va biologik jihatdan standartlantan aloxida G. p. dir. Bularni inʼyeksiya (mas, teri osti ga yuborish) uchun ishlatsa boʻladi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz