Galdan-Boshoqtuxon




Galdan , Galdan-Boshoqtuxon (1645—1697) — Oyrat xonligi hukmdori (1670-yildan) Botur Xuntoyjining oʻgʻli. Markazlashtirilgan Oyrat xonligidagi hokimiyatni mustahkamlash siyosatini yurgizgan, 1640-yil dagi Mongol — oyrat qonunlarini toʻlgʻizgan. 1672-yildan Rossiya bilan savdo va diplomatik munosabatlar olib borgan. G. 17-asrning 70—80-y.larida Sharqiy Turkistondagi xonliklarni oʻziga tobe etgan. 1688-yil Xalxa (Shim. Mongoliya) hokimlari bilan boʻlgan urushda gʻalaba qozongan. 1690-yildan Oyrat xonligini bosib olmoqchi boʻlgan Manjurlar imperatori Kansiga qarshi urush olib borgan. Kansi qoʻshinidan yengilgach, zahar ichgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz