Galaxa, Alaxa
Galaxa, Alaxa - yahudiylik shariati. Yahudiylarning diniy, oilaviy, ijtimoiy hayotlarini tartibga soluvchi qonun-qoidalar majmuasi. Tor ma’noda aytganda, Tavrot,Talmud va keyingi ravvin davri manbalarida kelgan qonunlar majmui. Mazkur so‘z ivrit tilida “yurmoq” o‘zagidan olingan bo‘lib, “yo‘l” ma’nosini anglatadi. Ilk bor ushbu atama Mishnada uchraydi. Biror masala yuzasidan farmon, qaror ma’nosida qo‘llanilgan bo‘lsa, keyinchalik yahudiylikdagi diniy va huquqiy tizimga nisbatan qo'llanilgan. Galaxa insonning har qanday xatti-harakatini boshqarish normalarini o‘zida aks ettirgan.Boshqa bir tarafdan, mazkur tushuncha tavsifiy xarakter kasb etishi bilan bir qatorda, buyruqlarni ham o‘zida aks ettirgan.U yahudiy xalqining biror bir ish qilishida tutgan yo‘lini vasf qiladi.Bunda “Kimdir bu ishni amalga oshiradi, boshqa bir kishi esa u ishni” kabi iboralardan foydalaniladi.Biror bir o‘rinda “Buni qil!”, “Uni qilma!” kabi buyruq mayli ishlatilmaydi.Galaxa yordamida ruhoniylar o‘zlari tog'ri deb bilgan usulda yahudiylarning hayot tarzlarini tashkil etishga harakat qilganlar. Galaxaning manbalari sifatida quyidagilar belgilangan:
1. Yozma Qonun;
2. Naqllarga asoslangan qonun-qoidalar;
3. Og‘zaki Qonun;
4. Sofrim qarorlari;
5. Urf.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org