Galaosiyo




Galaosiyo  — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatidagi shahar, Buxoro tumani markazi. Viloyat markazidan 9 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Kogondan 21 km. Aholisi 17,306 kishi (2012) (12,6 ming kishi,2001). Galaosiyoda paxta tozalash zavodi, paxta punkti, qishloq xoʻjaligi mashinalarini taʼmirlash ustaxonasi, maishiy xizmat koʻrsatish kombinati, sut-yogʻ, non zavodlari bor. Qishloq xoʻjaligi kasbhunar kolleji (450 oʻrinli), oʻrta maktab, kutubxona, madaniyat saroyi, tugʻruqxona, poliklinika va tuman kasalxonasi mavjud.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz