G‘alaba cho‘qqisi




Gʻalaba choʻqqisi (qirgʻizcha: Жеңиш чокусу, xitoycha: 托木尔峰, uygʻurcha: Томур) - Tyanshan togʻlaridagi eng baland choʻqqi. Balandligi 7439 m. Qaqshaltov tizmasida, Xontangri choʻqqisidan 20 km janubida. Yon bagʻirlarida yirik muzliklar bor. Gʻalaba choʻqqisiga birinchi marta (1938-yilda) A.A. Letavet boshchiligidagi ekspeditsiya chiqqan. 1943-yilda P.N.Rapasov boshchiligidagi ekspeditsiya choʻqqining haqiqiy balandligini aniqladi va unga Gʻalaba choʻqqisi deb nom berildi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz