Gʻalaba bogʻi




Gʻalaba bogʻi 2020-yil 9-may kuni, fashizm ustidan qozonilgan ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrining Olmazor tumanida barpo etilgan. U oʻz tarkibiga “Shon-sharaf” davlat muzeyi, “Mangu jasorat” va “Matonat madhiyasi” monumentlarini, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalarni jamlagan.

Hududi



Gʻalaba bogʻining umumiy maydoni 14,6 gektar. Majmua ramziy 12 ta hududga boʻlingan boʻlib ular;

Bundan tashqari “Koʻz yoshi” majmuasi urushning mudhishligi, millati va dinidan qat’i nazar, barcha odamlar birligi ramzini ifodalaydi. "Shon-sharaf" davlat muzeyining yuqori qismida Ikkinchi jahon urushida qatnashgan 301 nafar qahramonlarimiz sharafiga ekilgan daraxtlar, shuningdek "Mangu jasorat" deb nomlangan majmuada afsonaviy oʻzbek generali Sobir Rahimov va barcha oʻzbekistonlik botir jangchilarning soʻnmas xotirasi ifodalangan.

"Shon-Sharaf" muzeyi



Muzeyda Ikkinchi jahon urushida jasorat koʻrsatgan oʻzbekistonliklar haqidagi ma’lumotlar, oʻsha davrlar ruhini toʻliq his etishga imkon beruvchi eksponatlar oʻrin olgan. Muzeyda 20 mingga yaqin tarixiy ahamiyatga ega buyumlar mavjud boʻlib, ularning yarmidan koʻpi respublikaning turli hududlarida yashovchi aholi tomonidan taqdim etilgan. Buyumlarni qabul qilish jarayoni bugungi kunda ham davom etmoqda.

Muzey shartli ravishda 6 boʻlimga ajratilgan.

Muzeyning kirish qismida Oʻzbekiston xalq rassomi Alisher Aliqulov qalamiga mansub asarning 22 metrlik pannosi ilingan. Unda frontga yoʻl olayotgan askarlarning kuzatish jarayoni, front ortidan yuklarning joʻnatilishi, tibbiyot xodimlari, bir soʻz bilan aytganda, 1941—1945-yillar davomidagi Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston hududlaridagi umumiy jarayon jonli tarzda aks ettirilgan.

Muzey ostonasidan boshlanuvchi “Oʻzbekiston urush boshlanishi arafasida” deb nomlangan boʻlimda 1938—1940-yillar, urushdan oldingi Oʻzbekistonda davom etgan hayot tarzi tasvirlangan suratlar, qaydnomalarni koʻrish mumkin.

1939-yilda fashistlar Germaniyasining Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan Ikkinchi jahon urushi ta’sirida Oʻzbekistonda yalpi safarbarlik joriy qilinishi, qoʻshinlar tashkil etilishi jarayoni aks etgan eksponatlar ham shu yerning oʻzida berilgan.

Oʻzbekistonliklarning asosiy front va chegara postlarida olib borgan kurashlari, ichki ishlar, razvedka faoliyatidagi mardonavor xatti-harakatlari qayd etilgan tarixiy hujjatlar, ularning suratlari va ular haqidagi qisqacha ma’lumotlarni uchratish mumkin. Ma’lumotga koʻra, birgina Germaniyaning Berlin shahrini ozod qilish uchun boʻlgan harakatlarda 10 dan ortiq kishiga “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni, 1 706 kishiga “Berlin olinganligi uchun”, 109 ming 208 kishiga esa “1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun” medallari taqdim etilgan.

Muzeyning eng ta’sirli burchagi sifatida “Urush davri maktublari”ni keltirish mumkin. Bir necha yillardan buyon saqlanib kelinayotgan urushga berilgan yoʻllanmalar, jamoaviy xatlar, jang maydonlaridan qaytmagan askarlarning oʻlimi, yaralanganlik haqida xabarnomalar, frontdan kelgan sogʻinchli salom xatlarini oʻqish imkoniyati bor.

Muzeyga kirish barelyef




Ikkinchi jaxon urishida erishilgan buyuk gʻalaba frontdagi va front ortidagi insonlarning noinsoniy mashaqatlari evaziga qoʻlga kiritilgan. Oʻzbekiston geografik jixatdan frontdan uzoqda joylashganligiga qaramasdan umumiy dushman ustidan gʻalaba qozonish uchun butun insoniy va iqtisodiy imkoniyatlarini ishga soldi. Muzey kirishida joylashgan barelyefdagi lavxalar ushbu kunlarga yorqin misol boʻla oladi.
Oʻzbekiston yirik evakuvasiya markaziga aylandi. U yuzga yaqin sanoat korxonalarini qabul qilib oldi ular: Leningrad toʻqimachilik mashinalari zavodi, Rostselmash, Sum kompressor va Stalingrad ximkombinati, Moskova «Podʼyemnik», «Elektrostanok» zavodlari va boshqalar. 1941-yili Toshkengtda 137 korxona ishlagan boʻlsa, ulardan 64 tasi harbiy mahsulot ishlab chiqargan. Oʻzbek sanoati frontga 2100 dona samolyot, 17 342 dona aviamotor, 17 100 dona minomyot, 22 mln dona minalar, 560 ming dona snaryadlar, 2 mln donadan koʻproq aviabombalar, 1 millionga yaqin granatalar, 330 000 dona parashyutlar, 5 dona bronepoyezd, 18 dona harbiy-sanitar poyezdlarni va boshqalarni yetkazib berdi. Oʻzbekiston 1,5 miliondan ortiq evakuvasiya qilingan odamlarni ochlik va oʻlimdan saqlab qoldi. Ulardan 250 mingdan koʻprogʻi qamaldagi Leningrad,Belorussiya, Polsha va Ukrainadan keltirilgan yetim bolalar edi.

Galereya




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz