Gʻafurov Ashir




Ashir Gʻafurov (1876-1941) - yogʻoch oʻymakori, naqqosh. Gʻ. ijodida islimiy naqsh, choka pardozni keng qoʻllagan, zaminni chekma usulida bezagan; dilali oʻyma eshik va darvozalar ustasi sifatida tanilgan. Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi koʻrgazmasi (hozirgi Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi binosi)ga 2 tabaqali eshikni tayyorlashda qatnashgan, eshik dilalari va atrofidagi hoshiya naqshlarni ishlagan (na-qshlar orasida imzosi bor).

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz