G’AFUROV ASHIR
G’AFUROV ASHIR (1876-1941) – yog’och o’ymakori, naqqosh. G’afurov ijodida islimiy naqsh, choka pardozni keng qo’llagan, zaminni chekma usulida bezagan; dilali o’yma eshik va darvozalar ustasi sifatida tanilgan. O’zbekiston xalq xo’jaligi ko’rgazmasi (hozirgi Badiiy ko’rgazmalar direktsiyasi binosi)ga 2 tabaqali eshikni tayyorlashda qatnashgan, eshik dilalari va atrofidagi hoshiya naqshlarni ishlagan (naqshlar orasida imzosi bor).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz