Gʻafurjon Muhamedov
Gʻafurjon Isroilovich Muhamedov (1946-yil 20-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1991), professor.
Biografiyasi
Gʻafurjon Muhamedov 1946-yil 20-dekabr Toshkent shahrida tugʻilgan. 1972-yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1976—1997-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida katta oʻqituvchi, dotsent, professor, 1983—1997-yillarda mazkur institutning „Umumiy fizika va kimyo“ kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat olib borgan. 1997—2005-yillari Jizzax davlat pedagogika instituti rektori, 2005—2006-yillari Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori, 2006—2015-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori, 2017-yildan Chirchiq davlat pedagogika instituti (hozirgi Chirchiq davlat pedagogika universiteti) rektori lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 2010—2014-yillari Oliy Majlis Senati senatori boʻlgan.
Oilasi
Gʻafurjon Muhamedovning toʻrt nafar farzandi bor.
Ilmiy faoliyati
Gʻafurjon Muhamedovning ilmiy ishlari karbamid formaldegid oligomerlarining uch oʻlchamli polimerlashtirish jarayonini sekinlashtirish usullariga oiddir. 1972—1975-yillari Moskvadagi Lev Yakovlevich Karpov nomidagi fizika-kimyo ilmiy tadqiqot instituti aspiranturasida oʻqigan. 1975-yilda nomzodlik ishini himoya qilib, kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 1991-yili Moskva davlat universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, kimyo fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Olim 4 ta monografiya, 10 ta ixtiro, 250 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir.
Mukofotlari
Manbalar
uz.wikipedia.org