G‘afur Nasreddinov




Gʻafur Nasreddinovich Nasreddinov  — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Biografiyasi



Gʻafur Nasreddinovich Nasreddinov 1923-yilda Uzun tumanida tugʻilgan. 1947-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

Nasreddinov 1942-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1942-1985-yillarda dastlab quruvchi, keyinchalik Uzun tuman ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Uzun MTS partiya tashkilotining boʻshatilgan kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Denov tuman qoʻmitasi targʻibot va tashviqot boʻlimi mudiri, Surxondaryo viloyat partiya qoʻmitasining birinchi kotibi. Sariosi tuman partiya qoʻmitasi, Surxondaryo viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi hamda Oʻzbekiston SSR mahalliy sanoat vaziri lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

Gʻafur Nasreddinovich Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 8-, 9- va 10-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Davlat va siyosat arbobi Nasreddinov 1985-yildan keyin vafot etgan.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz