G‘afarova Saxiba Ali qizi




Saxiba Ali qizi Gafarova (ozarbayjoncha: Sahibə Əli qızı Qafarova Sahibə Əli qizi Qafarova) – ozarbayjonlik siyosatchi ayol. U 2020-yil 10-martdan boshlab Ozarbayjon parlamentining spikeri, filologiya fanlari doktori, professor boʻlib tayinlanadi. " Yangi Ozarbayjon „ partiyasining aʼzosi. Ozarbayjonga xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (2016) unvoniga sazovar boʻlgan.

Biografiyasi



Saxiba Gafarova 1955-yili 19-martda Shamkir shahrida tavallud topgan.

U M. F. Axundov nomidagi Ozarbayjon rus tili va adabiyoti pedagogika institutining (Boku Slavyan universiteti) rus tili va adabiyoti fakultetini, shu bilan birga, Ozarbayjon pedagogika institutining ingliz tili filologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan.
Rus va ingliz tillarida gapira oladi.
Oilali, ikki farzandning onasi.

Siyosiy faoliyati




Saxiba Gafarova hozirgi kunda Ozarbayjon parlamenti Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo boʻlgan davlatlar Parlamentlararo assambleyasi (MDH PPA)]]ning va Turkiy tilli mamlakatlar parlamentining assambleyasi (TurkPA)dagi delegatsiyaga rahbarlik qiladi.

2016-yili Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Ozarbayjonda taʼlimni rivojlantirishdagi qoʻshgan hissasi uchun „Ozarbayjonga xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi“ hurmatli unvoniga sazovar boʻladi.

Shuningdek, Saxiba Gafarova birqancha darsliklarning, oʻquv qoʻllanmalar, bitta monografiya va 80 dan ortiq ilmiy maqolalarning muallifi.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz