GABRIEL (GABRIEL) JAK ANJ (1698.27.10 – Parij – 1782.4.1) -frantsuz me’mori. 18-asr klassisizm asoschilaridan biri. 1742 yildan qirolning birinchi me’mori va me’morlik akademiyasining prezidenti. Gabriel loyihasi asosida qurilgan binolar aniq va yorqin shakldaligi, bezaklarining nafisligi bilan ajralib turadi [Versaldagi kichik Trianon (1762-64), Parijdagi Lyudovik XV maydoni (hozirgi Totuvlik maydoni) loyihasi va qurilishi (1753-75) va boshqalarning muallifi].
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish