GABER



GABER (Naeg) — Fris (1868.9.12, hozirgi Vroslav, Polsha — 1934.29.1, Bazel) — nemis anorganik kimyogari. Karlsrue Oliy texnika maktabi professor (1898 yildan). Berlin fizik-kimyo va elektrokimyo instituti direktori (1911-13). Asosiy ishlari ammiakning kimyo-texnologiyasi va elektrokimyoga bag’ishlangan. Yarim sanoat qurilmasida ilk bor suyuq ammiak olgan. Nitrobenzolning elektrokimyoviy qaytarilishi natijasida anilin hosil bo’lishini o’rgangan (1900). Eritmalarning rn ini o’lchashda qo’llaniladigan shisha elektrodni kashf etgan (1909). Nobel mukofoti laureati (1918).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz