GABEN
GABEN (Gabin) — Jan (haqiqiy ismi Jan Aleksi Monkorje) (1904.17.5, Meriel — 1976.15.11, Parij) — frantsuz kinoaktyori. Kinoda 1930 yildan faoliyat ko’rsatgan. Ekranga demokratizm ruhini, erkinlik, inson shaxeiga hurmat, ehtirom tuyg’ularini olib kirdi. “Kun boshlanmoqda”, “Malapaga devorlari ostida”, “davrimiz zo’ravonlari”, “tun — mening podsholigim”, “o’ljaga tegmang”, “Arximed, daydi”, “mushuk”, “Parij orqali” kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz