Gʻ (kirill)




Ғ — oʻzbek kirill alifbosining oʻttiz toʻrtinchi harfi. Chuqur til orqa, shovqinli, sirgʻaluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Qoʻllanishiga koʻra uncha faol emas, lekin har qanday undosh va unli bilan yonma-yon keladi. Soʻzning boshi (gʻalaba, gʻarb, gʻuncha), oʻrtasi (ogʻiz, tugʻma, toʻgʻri) va oxirida (dimogʻ, yorugʻ, ulugʻ) qoʻllanishi mumkin. Baʼzan oxiri gʻ bilan tugagan soʻzlarga g bilan boshlanadigan affikslar qoʻshilganda, har ikki tovush assimilyatsiyaga uchrab, q tarzida talaffuz etiladi va shunday yoziladi: togʻ+ga>toqqa, tugʻ+gan>tuqqan, togʻ+gacha>toqqacha. Turkiy xalqlar, jumladan, oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan deyarli barcha yozuvlarda oʻziga xos belgishakllarga ega.

Ғ , ғ — Oʻzbek kirill yozuvi harfi. [ɣ] jarangli til orti sirgʻaluvchi tovushini anglatadi (janubiy rus shevalari va belorus tilidagi "г"ga oʻxshash), [ʁ] chuqur-til orti sirgʻaluvchi tovushi (fransuzcha r ga oʻxshash), yoki uvulyar portlovchi [ɢ]. Hozirgi oʻzbek lotin alifbosida unga gʻ harfi mos keladi. Bu harf lotin alifbosida okina (ʻ) belgisi bilan yoziladi.

Quyidagi alifbolarda qoʻllaniladi




Sh. qarang





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz