Gʻ (harf)




– oʻzbek tili lotin alifbosining 26-harfi.

Yozilishi



Oʻzbek tilida „gʻ“ (kirill yozuvida „ғ“) va „oʻ“ (kirill yozuvida „ў“) harflarini yozishda yoki yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul (inglizcha: modifier letter turned comma) ( ʻ ) (U+02BB), yoki chap yakka tirnoq (inglizcha: left single quotation mark) () (U+2018) qoʻllaniladi. Qaysi belgi ishlatilishi kerakligi rasman belgilanmagan. Shunday boʻlsa-da, Unicode Consortium saytida oʻzbekcha „oʻ“ va „gʻ” harflarini yozish uchun yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul ishlatilishi kerak, deyilgan.

Oʻzbekcha Vikipediya va boshqa baʼzi bir saytlarda aynan shu belgi ishlatiladi. Aksar davlat saytlari boʻlsa chap yakka tirnoqni ishlatishadi. Asosiysi, ishlatilgan belgi chiziqdan yuqorida yozilgan, teshigi boʻyalgan 6 raqamiga oʻxshashi kerak (6). Koʻp shriftlarda bu 180 gradusga aylantirilgan vergulga oʻxshaydi.

Oʻzbek tilida yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul/chap yakka tirnoq tutuq belgisi oʻrnida ishlatilmasligi kerak: tutuq belgisi kirill yozuvidagi ayirish belgisi („ъ“) oʻrnida qoʻllaniladi.

Muammolar



Oʻzbek lotin yozuvida ʻ belgisini ishlatish koʻp qiyinchiliklar tugʻdiradi. Birinchidan, yuqorida aytib oʻtilganidek, yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul yoki chap yakka tirnoq ishlatish kerakligi haqida rasmiy qoida yoʻq. Ikkinchidan, komputerlarda yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul uchun alohida klavisha yoʻq. Yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul bilan yana bir muammo hozirda baʼzi mobil mosalamalar mazkur belgini koʻrsatib bera olmaydi. Chap yakka tirnoqni boʻlsa deyarli barcha mobil moslama koʻrsata oladi.

Misollar



Misol soʻzlar: gʻalati, oʻzbek; ammo maʼno, aʼlo.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz