G — o’zbek kirill alifbosining to’rtinchi harfi. Yaqin til orqa, portlovchi, jarangli undosh. So’z boshi (gul, go’zal), o’rtasi (yugur, egar), oxiri (barg, tong)da keladi. So’z oxirida tub o’zbek so’zlarida deyarli uchramaydi, boshqa tillardan o’zlashgan so’zlarda jarangsizlashadi (pedagog — pedagok, buldog — buldok va hokazolar). 1995 yilda qabul qilingan o’zbek lotin alifbosida oltinchi harf. Turkiy xalqlar, jumladan o’zbek xalqi uchun umumiy bulgan yozuvlarda bu harf o’ziga xos shaklga egadir.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish