FYON



FYON (lotincha favonius — iliq g’arbiy shamol) — tog’li o’lkalarda tog’lardan vodiylarga, yuqoridan pastga tomon esuvchi ilik, va quruq kuchli shamol. Fyon tog’tizmasini oshib, pastga tushayotganda adiabatik jarayon sababli isib quriydi, ba’zan qor ko’chkilariga sabab bo’ladi. O’zbekistonda Chirchiq va Farg’ona vodiylarida ko’p kuzatiladi. Fyon qisqa muddat, sutkadan kam, ba’zan 5 sutka davom etishi mumkin. Ekinlarga garmsel kabi ta’sir ko’rsatadi. Fyonning zararli ta’sirini kamaytirish uchun ixota daraxtzorlari barpo etiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz