FYODOROVA POLINA IVANOVNA



FYODOROVA POLINA IVANOVNA (1906. 30.9, Moskva viloyati Lermontovo qishlog’i) — endokrinolog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1971), tibbiyot fanlari doktori (1962), professor (1965). O’rta Osiyo universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1928). Toshkent viloyati va Samarqand shahar kasalxonalarida uchastka vrachi (1928-32), tosh ti gospital terapiya kafedrasida ordinator (1932-35), assistent (1936— 42), dotsent (1943), toshti stomatologiya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi mudiri (1965-72), davolash fakulteti gospital terapiya kafedrasining endokrinologiya kursi rahbari (1972— 77), 1977 yildan endokrinologiya kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari endokrinologiya masalalariga oid. Issiq iqlim sharoitida Bazedov kasalligining kechishi, uning oldini olish va davolash ustida tadqiqot olib borgan. As: Voprosi klimatofiziologii, T., 1939; Mejutochnogipofizarnie zabolevaniya i organ zreniya (v soavtorstve), T., 1971.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz