FYODOROV VLADIMIR IVANOVICH



FYODOROV VLADIMIR IVANOVICH (1955.5.1, Toshkent viloyati — 1979.11,8, Dneprodzerjinsk shahri yaqinidagi Kurilovka qishlog’i) — futbolchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1976). Toshkentdagi Olimpiya zaxiralari bilim yurtini tugatgach, “Paxtakor” jamoasida hujumchi (1972-1979). Oliy va birinchi tabaka o’yinlarida 187 (108+79) marta maydonga tushib, 58 (26+32)ta to’p kiritgan. 1974 va 1976 yilda mamlakatning eng kuchli 33 futbolchisi ro’yxatidan joy olgan. Yoshlar terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioni (1976), Olimpiya terma jamoasi safida Olimpiada bronza medali sovrindori (1976, Monreal). Fyodorov aviatsiya halokatida nobud bo’lgan. Kurilovka qishlog’idan keltirilgan ramziy xoki Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan. Toshkent shahridagi ko’chalardan biriga uning nomi qo’yilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz