FUTSHTOK



FUTSHTOK (nemischa Fubstock) dengiz, daryo yoki ko’lda suv sathini nazorat qilib turish uchun mo’ljallangan moslama (darajalarga bo’lingan reyka). Suv o’lchash postlariga o’rnatiladi. Futshtok suv havzasida faslga qarab suv sathi o’zgarib turishini o’rganish, o’rtacha suv sathini aniqlash, suvning chuqurligini o’lchash, suv to’lqinlanganda qanchalik baland ko’tarilishini bilish va boshqa maqsadlarda qo’llanadi. Portlar va gidrotexnika inshootlari qurishda ham Futshtok asqotadi. Mutlaq balandliklar Kronshtat (Rossiya) Futshokgidagi nuldan o’lchanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz