FUTEROVKA



FUTEROVKA (nemischa Futter — qoplama) — issiklik agregatlari (pechlar, o’choq, quvurlar va boshqalar), kimyoviy apparatlar va teri oshlash vannalarining ichki himoya qoplamasi. Vazifasiga qarab, g’isht, plitalar, bloklar va boshqalardan qoplanadi. Olovbardosh (shamot, dinas, magnezit, dolomit va boshqalar), kimyoviy turg’un, issiqlik o’tkazmaydigan xillari bor. Agar issiklik oqimlari, kimyoviy moddalar agregatlarning qoplamasiga tashqaridan ta’sir qilsa, bunday agregatlarning tashqi qoplamasi ham Futerovka deb ataladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz