FURQAT TUMANI



FURQAT TUMANI – Farg’ona viloyatidagi tuman. 1992 yil 9 aprelda tashkil etilgan. Shimoldan Tojikiston Respublikasi va Dang’ara tumani, g’arbdan Beshariq, Janub va sharqdan O’zbekiston tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,31 ming kilometr kvadrat. Aholisi 88,7 ming kishi (2003). Tumanda 6 qishloq fuqarolari yig’ini (Navbahor, tomosha, Shunqor, Qo’qon, G’allakor, G’uncha) bor. Markazi — Navbahor qishlog’i. Tabiati. Relefi pasttekislik, qir, Toshloq va qumli chala cho’llar. Tuman hududi Markaziy Farg’ona cho’lida, So’xIsfara massivida joylashgan. Ikdimi keskin kontinental. Yanvarning o’rtacha temperaturasi 0°, -5°, eng past temperatura -17°, iyulning o’rtacha temperaturasi 29— zg, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 100— 300 millimetr yog’in tushadi. Vegetatsiya davri 210-230 kun. Bahor va kuzda kuchli “Qo’qon shamoli” esadi. Furqat tumanining shimol qismidan Sirdaryo va Qolgandaryo irmog’i, Janub qismidan katta Fargona kanali oqib o’tadi. Tuproqchari surqo’ng’ir va bo’z, sug’oriladigan o’tloq, qumli o’tloq va sho’rxok tuproqdardan iborat. Yovvoyi o’simliklardan shuvoq, betaga, bug’doyiq, sho’ra, yantoq, qamish, qo’g’a, oq miya, qizil miya, Qandim, yulg’un, saksovul; Sirdaryo sohillarida turang’il, tol, chingil va boshqalar o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo’ri, tulki, chiyabo’ri, quyon, to’qay mushugi, echkemar, har xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan kaklik, bedana, chumchuq, zog’cha, musicha, hind maynasi, qarg’a, to’rg’ay, o’rdak, sassiqpopishak, qashqaddoq, boyqush, qirg’ovul; kemiruvchilardan kalamush, yumronqoziq, ondatra va boshqalar uchraydi. Suvlarda laqqa, ilonbaliq, sazan va boshqa baliqlar bor. Tumanning Dang’ara tumani bilan chegaradosh qismida Abdusamat buyurtma qo’riqxonasi tashkil etilgan. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus, qirg’iz va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 286,1 kishi (2003). Xo’jaligi. Tumanda sanoat, qurilish, davlat tashkilotlari, qo’shma va 600 dan ziyod kichik korxonalar mavjud. “Ishonch” ipyigiruv korxonasi, paxta tozalash, g’isht zavodlari, MTP, mahalliy sanoat korxonalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari ipshab turibdi. Tuman qishloq xo’jalik paxtachilik, g’allachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. 5 shirkat, 600 dan ziyod fermer xo’jaliklari faoliyat ko’rsatadi. Furqat tumanidagi sug’oriladigan erlarga paxta, don, sabzavot va poliz, kartoshka, beda va ozuqa ekinlari ekiladi. Tumandagi jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida qoramol, qo’y va echki, parranda boqiladi. Bog’dorchilik (bodom, gilos, nok, shaftoli, anjir, anor, uzum), pillachilik, baliqchilik bilan ham shug’ullaniladi. Tuman hududi orqali Toshkent — Andijon temir yo’l va Farg’ona — O’sh avtomagistrali o’tgan. 33 umumiy ta’lim (qariyb 24 ming o’quvchi), bolalar musiqa va sport maktablari, ixtisoslashgan litsey-internat, 2 kasb-hunar kolleji (1900 talaba) faoliyat ko’rsatadi. Jumladan, 2004 yilning sentabr oyida ishga tushgan ijtimoiy-iqtisodiy kasbhunar kollejida bank ishi, soliq va soliqqa tortish, huquqshunos-iqtisodchi, moliya, boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya o’qituvchisi, bolalar va xotinqizlarga tibbiyijtimoiy yordamni tashkil etish yo’nalishlarida 600 o’quvchi ta’lim oladi. Tumanda klub muassasalari, Markaziy kutubxona va uning 27 filiali, madaniyat va istirohat bog’i, 6 madaniyat uyi aholiga xizmat ko’rsatadi. Markaziy stadion, bir qancha futbol, voleybol, basketbol maydonlari, sport zallari va boshqa sport inshootlari ishlab turibdi. 4 kasalxona, 3 poliklinika, 18 feldsherakusherlik va 11 qishloq vrachlik punktlari, kishloq vrachlik ambulatoriyalari, Salomatlik markazi, dorixonalar mavjud. Tarixiy va me’moriy yodgorliklardan qilich mergan bobo tarixiy qabristoni, Abduqahdor ota ziyoratgohi, jome’masjidlar bor. 2002 yildan “Navbahor” tuman gazetasi chop etiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi



Uzpedia.uz