FURMA



FURMA (nemischa Form — forma, shakl) — metallurgiya pechi va agregatlariga havo yoki kislorod yuborish mo’ljallangan qurilma. Furma po’lat yoki rangli metallar quyishda yonish jarayonini yaxshilaydi, metallarni zarur kislorod bilan boyitadi. Furma soplo (domna pechlarida), maxsus uchlikli quvur (konverterlar, Marten pechlarida) ko’rinishida bo’lishi mumkin. Furma orqali havo va kisloroddan tashqari kukunsimon materiallar ham yuboriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz