FUQAROLIK PROSESSUAL HUQUQI



FUQAROLIK PROSESSUAL HUQUQI — huquq sohasi; sud tomonidan fuqarolik ishlarini ko’rish va hal qilish, shuningdek, sudlar va boshqa ayrim organlar karorlari ijro etilishi tartibini belgilaydi. Fuqarolik protsessual huquqining predmeti — sud majlisida tekshiriladigan va hal qilinadigan fuqarolik ishlari tufayli vujudga keladigan sud va prosess ning boshqa ishtirokchilari o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlardir. Fuqarolik protsessual huquqi fuqarolik ishlarini yuritishni tartibga solib, qo’zg’atilgan ish yuzasidan sudning, prosess ishtirokchilarining, sud qarorini ijro etuvchilarning qanday harkatlarni qanday tarzda bajarishlari lozimligini, bunday harakatlarning oqibatlari nimadan iborat bo’lishi (masalan, ish haqi undirilishi, keltirilgan zarar to’lanishi) ni belgilaydi. Fuqarolik protsessual huquqi huquqning boshqa sohalari, chunonchi jinoyat prosessual huquqi bilan bog’liq. Huquqning bu har ikki sohasini birlashtiradigan mazmun shundaki, ular Odil sudlovni amalga oshirish bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolik protsessual huquqining asosiy manbai O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik prossesual kodeksidir.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz