FUQAROLIK HUQUQIY JAVOBGARLIK — yuridik javobgarlikning mustaqil turi. Mulkiy xususiyatga ega bo’lgan sanktsiyalar ko’rinishida ifodalanadi. Odatda, Fuqarolik huquqiy javobgarlik. majburiyatlarning buzilishi natijasida vujudga keladi. Fuqarolik huquqiy javobgarlik qarzdorga yoki huquqbuzarning mulkiy ahvoliga salbiy ta’sir etish orqali huquqi buzilgan shaxsning yoki jabrlanuvchining huquqlarini tiklashga va mulkiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan javobgarlik shaklidir. Neustoyka va yetkazilgan zararni qoplash Fuqarolik huquqiy javobgarlik choralari hisoblanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish