FUNKTSIYALAR NAZARIYASI – matematikaning funktsiyalar umumiy xossalarini o’rganuvchi bo’limi. Funktsiyalar nazariyasi haqiqiy o’zgaruvchining Funktsiyalar nazariyasi va kompleks o’zgaruvchining Funktsiyalar nazariyasiga bo’linadi. Haqiqiy o’zgaruvchining Funktsiyalar nazariyasi, o’z navbatida, metrik, deskriptiv, konstruktiv nazariyalarga bo’linadi. Deskriptiv nazariya to’plamlar nazariyasining Evklid fazosida nuqtali to’plamlar tuzilishini o’rganadigan bo’limidir. Quyida esa funktsiyalarning metrik nazariyasi qaraladi. Klassik matematik analiz, asosan, uzluksiz funktsiyalar b-n bog’liq bo’lgan masalalari, shuningdek uzlukli funktsiyalarni o’rganishni taqozo qiladigan turli fizik masalalar va boshqalar matematika fani oldiga uzluksiz funktsiyalarga nisbatan umumiyroq funktsiyalarni tekshirish masalasini qo’ydi. Funktsiyalarning metrik nazariyasiga R. Ber, F.Riss, frantsuz matematiklari E.Borel, A.Lebeg, rus matematiklari D.F.Egorov, N.N.Luzin, km.Kolmogorov, D.E.Menshov, o’zbek olimlaridan ta Sarimsoqov, S.H. Sirojiddinov va boshqalar katta xissa qo’shgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish