FUNDUK



FUNDUK, funduk, (Corylus maxima Mill.) — qayindoshlar (qayingullilar oilasi)ga mansub buta yoki daraxt. O’rmon yong’og’ining yirik mevali bir turi. Janubiy Yevropa va Osiyoda tarqalgan. O’rta va Janubiy Yevropa, Turkiya, AQSh, Kavkaz, Qrim va boshqa joylarda o’stiriladi. Bo’yi 3-10 metr, bir uyli, guli ayrim jinsli, changchisi (otalik guli) kuchalasimon to’pgulga, urg’ochisi (onalik guli) yakkayakka yoki 2-3 tadan yig’ilgan. Sentabr-oktabrda pishadi; mevasi (yong’og’i) yirik, cho’zinchoq, po’sti yupqa. Mag’zi tarkibida 52-71% yog’, 12-18% oqsil va 3-10% uglevod bor; Funduk mag’zi qovurilgan yoki xom holida eyiladi, qandolatchilik sanoatida ishlatiladi, yog’ olinadi. Funduk urug’idan, parxish, bachki ildizlaridan ko’paytiriladi. Ko’chatlari 8×6 yoki 8×10 metr sxemada ekiladi. Shakl berishda tupida 8-10 asosiy novda qoddiriladi. Ko’chati o’tkazilgach, 4—6-yili hosilga kiradi. Hosildorligi 10-30 tsentner/gektar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz