FULBE (afuli, fulani, Pyol) — xalq. Nigeriya, Gvineya, Senegal, Mali, Niger, Kamerun, BurkinaFaso, Benin va GvineyaBisau va boshqa mamlakatlarda yashaydi. 22,7 million kishi (1990-yillar o’rtalari), jumladan, Nigeriyada 14 million kishi. Fula tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, sunniy musulmonlar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish