FUDZIYAMA, Fudzi, Fudzisan (aynlar tilida Fusxi — olov ma’budasi, yaponcha yama, san — tog’) — Xonsyu orolidagi so’nmagan vulkan, Yaponiyadagi eng baland cho’qqi (3776 metr). Tokio shahridan taxminan 100 kilometr Janubi g’arbda. Bazalt va andezit lavalaridan tuzilgan. So’nggi bor 1707-08 yillarda otilgan. Krateri to’g’ri konus shaklida, diametri 700 metr, chuqurligi 250 metr. Yilning 10 oyida muz bilan qoplanib yotadi. Yon bag’irlari doim yashil o’rmon va butazorlar. Milliy bog’ tarkibida. Fudziyama — yaponlarning “muqaddas tog’i”. Turistlar ko’p boradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish