FTORORGANIK BIRIKMALAR – molekulasi tarkibidagi ftor atomi uglerod atomi bilan bevosita bog’langan organik moddalar. Barcha organik birikmalar sinfining ftorli hosilalari ma’lum. To’yinmagan Ftororganik birikmalar (ftorolefinlar)ni polimerlash yo’li bilan oksidlanmaydigan, yonmaydigan, issiqqa chidamli moylar, gidravlik suyuqliklar, plastmassalar (ftoroplastlar), ftorkauchuklar olinadi. Ftororganik birikmalar asosida ko’pgina yangi materiallar, masalan, tibbiyot uchun sun’iy idishlar, yurak klapanlari va boshqalar tayyorlanadi. Ba’zi Ftororganik birikmalar qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kurashda, zaharsiz sovitkich (freonlar) va boshqalar sifatida qo’llanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish