FTORID KISLOTA
FTORID KISLOTA – vodorod ftorid HF ning suvdagi eritmasi. 77% li eritmaning zichligi 1262 kg/m3, 95,2% li eritmaniki esa 1082 kg/m3. Ftorid kislota oksidlar bilan reaktsiyaga kirishib, ftoridlar va ularni eritib, kompleks birikmalar hosil qiladi. Ftorid kislota boshqa kislotalardan farqli o’laroq silikat materiallar bilan (jumladan, shisha bilan) ham shiddatli reaktsiyaga kirishadi. Shishani tezoblab gul va turli belgilar chizishda, ftoridlar olishda, erituvchi va reagent sifatida ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz