FTALOSIANIN BO’YAGICHLAR – tetrabenzotetrazaporfin (ftalosianin) hosilalari, sintetik organik bo’yagichlar guruhi. Ftalosianin bo’yagichlardan mis ftalosianin — zangori rangli pigment muxim texnik ahamiyatga ega. Bu guzni xlorlab yashil, sulfirlab Feruza rangli, suvda eruvchan, quyosh nuriga chidamli Ftalosianin bo’yagichlar olinadi. Ftalosianin bo’yagichlar yorqin rangli, issiqqa, kislota va asoslar ta’siriga chidamli, juda tatimli. Sintetik tolalar, plastmassalar va rezinani bo’yashda, suvda eruvchan Ftalosianin bo’yagichlar esa jun, ipak va boshqa matolarni bo’yashda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish