FRUSTRATSIYA



FRUSTRATSIYA (lotincha frustratio — addanish, rejalarning barbod bo’lishi) — muammoni hal qilish yoki maqsadga erishish yo’lidagi faoliyatni izdan chiqaruvchi ruhiy holat. U kishining maqsadga erishishi yo’lida uchraydigan, ob’yektiv ravishda engib bo’lmaydigan yoki sub’ektiv ravishda shunday tuyuladigan qiyinchiliklar tufayli paydo bo’ladi. Frustratsiyani keltirib chiqaruvchi sabablar frustrator deyiladi. Frustratsiya holati frustratorning kuchiga, jadalligiga bog’liq. Frustratsiya holatida shaxsning vaziyatni to’g’ri baholash qobiliyati muhimdir. Shu bois turmushning nokulay ta’sirlariga qarshi kurashish uchun odam fe’latvorida barqarorlikni shakllantirish lozim. Frustratsiya ham boshqa ruhiy holatlar singari kishi fe’latvoriga xos yoki yangi xislatlarning boshlanishini ko’rsatuvchi, shuningdek, o’tkinchi holat bo’lishi mumkin. Frustratsiya, asosan, salbiy hissiyotlar uyg’otadi. Frustratsiyaning turlari: tajovuzkor holat, apatiya, depressiv holat, g’amginlik tuyg’usi, o’ziga ishonmaslik, kuchsizlik, ma’yuslik va boshqalar. Frustratsiyaning tajovuzkor holati ko’pincha o’zini tuta olmaydigan, qo’pol odamga xos bo’lsa, depressiya holati o’ziga ishonmaydigan shaxsga taalluklidir. Ba’zan og’ir tabiatli kishilarda ham shu xildagi holatni vujudga keltirish mumkin, lekin bu vaziyat uzoqqa cho’zilmaydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

Frustratsiya – bu insonning maqsadlariga erisha olmasligi yoki e'tiborga molik to‘siqlar uchraganida yuzaga keladigan psixologik holatdir. Yoki oddiy qilib aytganda, frustratsiya – bu shaxsning orzu-umidlari, rejalari yoki istaklari amalga oshmay qolishi sababli ichki qarshilik, tushkunlik, g‘azab, yengillik kabi his-tuyg‘ularni boshdan kechirishi.

Frustratsiyaning sabablari

Frustratsiyaning paydo bo‘lishiga quyidagi omillar sabab bo‘lishi mumkin:

Frustratsiyaning belgilar va alomatlari

Frustratsiyani yengish usullari

Xulosa

Frustratsiya – inson hayotida tabiiy va doimiy uchraydigan holat bo‘lib, uni boshqarish va yengish qobiliyati shaxsning ruhiy barqarorligini ta'minlaydi. Frustratsiyani to‘g‘ri anglab, unga qarshi samarali choralar ko‘rish insonning o‘zini rivojlantirishida muhim ahamiyatga ega.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz