FROMM (FROMM) ERIX (1900.23.3, Frankfurtmayn — 1980.18.3, Muralto, Shveytsariya) — nemis-amerikalik psixolog, sotsiolog, neofreydizm asoschisi. 1929-32 yillarda Frankfurt-Mayndagi Ijtimoiy tadqiqotlar institutida ishlagan. 1933 yil AQShga muhojir bo’lib ketgan, hayotining so’shti o’n yilida Shveytsariyada yashagan. Falsafa, psixologiya, antropologiya, din sotsiologiyasi rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. O’z ta’limotini “gumanistik psixoanaliz” deb atagan. Freyd biologizmidan chekinib, shaxs shakllanishida psixologik va ijtimoiy omillarning o’zaro aloqalarini ochib berishga intilgan. Gumanizm nuktai nazaridan psixoanalitik ijtimoiy sog’lomlashtirish usullari yordamida, xususan, AQSh da, har tomonlama uyg’un bo’lgan, “sog’lom jamiyat”ni vujudga keltirishni taklif etgan. Asosiy asarlari: “Erkinlikdan qochish” (1941), “psixoanaliz va din” (1950), “unutilgan til” (1951), “sevish san’ati” (1956), “inson qalbi” (1964), “inson vayronkorligining anatomiyasi” (1973), “ega bo’lmoq yoki bor bo’lmoq” (1976).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish