FRISH (FRISCH) KARL FON (1886. 20.11, Vena 1982.12.6, Myunxen) nemis fiziologi va etnologi. Vena universitetini tugatgan (1910), Myunxen universiteti professor (1950 yildan). Ilmiy ishlari baliqlar va hasharotlarning sezish organlarini o’rganishga oid. Asalarining fiziologax va biologik xususiyatlarini tadqiq qilgan. “Asalarilar raqsi” nomli asarida (1942) asalarilarning bir-biriga axborot berish, uchish yo’nalishini, biror maqsadda uchib borib qo’nish joyigacha bo’lgan masofani belgilash mexanizmini ta’riflab bergan. Nobel mukofoti laureati (1973, K. Lorents va N. Tinbergan bilan hamkorlikda).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish