FRIGIYA



FRIGIYA (Phrygia) — kichik Osiyoning shimoliy g’arbiy qismidagi qadimgi mamlakat. Aholisi miloddan avvalgi 15-13-asrlarda Yevropadan ko’chib kelgan hindevropa qabilalari — frigiyaliklar. Frigiya miloddan avvalgi 13-asrda yunonlarga qarshi kurashda troyaga yordamlashgan. Miloddan avvalgi 10-8-asrlarda poytaxti Gordion shahri bo’lgan podsholik vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 546 yil forslar, miloddan avvalgi 333 yil Aleksandrta tobe bo’lgan. Miloddan avvalgi 133 yil Frigiyaning bir qismi rimliklar qo’l ostiga, Sharqiy qismi Galatiya provintsiyasi tarkibiga o’tgan. Vizantiya imperiyasi davrida Frigiya geografik va siyosiy mavqeini yo’qotgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz