FRIGII TILI



FRIGII TILI Qadimgi kichik Osiyoning shimoliy g’arbiy qismida yashagan, miloddan avvalgi 2-ming yillik — 1-ming yillikning boshida shu yerga ko’chib o’tgan hindevropa qabilalari — frigiyaliklar tili; hind-yevropa tillari oilasi tarkibida alohida guruhni tashkil etadi. Kichik Osiyodan topilgan, 2 davrga mansub yodgorliklar hamda yunon va Rim mualliflari asarlaridagi izoh so’zlar orqali ma’lum. Qadimgi frigiy matnlari diniy yodgorliklar va sopol buyumlarda bo’lib, miloddan avvalgi 8-3-asrlarga mansub (ular 200 tadan ortiq; qadimgi yunon alifbosiga o’xshash harfiy alifboda yozilgan). Yangi frigiy matnlari qabrtosh yozuvlaridan, yunoncha marsiyalar oxiridagi qarg’ish, la’nat ifodalaridan iborat. Ular 100 tadan ortiq bo’lib, milodiy 2-3-asrlarga mansub va yunon yozuvida bitilgan. Frigii tilining yunon (grek) tili, hinderon tillari, arman tili bn, shuningdek, alban tili, Boltiq va slavyan tillari bilan nisbatan yaqin aloqalari anikdangan; o’ziga xos fonetik, leksikgrammatik xususiyatlari tavsif etilgan. Frigii tilidagi yodgorliklarni to’plash va izohlash 19-asrdan boshlangan. Dastlabki muntazam nashrlari amerikalik U.Ramsey, angliyalik U.M. Kolder va germaniyalik I.Fridrixlar tomonidan amalga oshirilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz