FRESKOBALDI (FRESCOBALDI) JIROLAMO



FRESKOBALDI (FRESCOBALDI) JIROLAMO (1583.9.9, Ferrara — 1643.1.3, Rim) — italyan kompozitori va organ ijrochisi. 1608 yildan avliyo Petr ibodatxonasida (Rim) organchi. Polifoniya (“erkin uslub”) va fuga rivojiga katta hissa qo’shgan. Italiya organ maktabi asoschisi (“italiyalik Bax” nomiga sazovor bo’lgan). Organ va klavesin uchun turli asarlar, madrigallar, 2 messa va boshqa diniy asarlar yozgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz