FRENEL ZONALARI
FRENEL ZONALARI – fazoning berilgan (R) nuqgasvdagi to’lqin amplitudasini aniqlashda hisoblashlarni soddalashtirish uchun yorug’lik to’lqin sirti bo’linadigan halqasimon soha (zona)lari. Monoxromatik yorug’lik to’lqinining Q manbadan R kuzatish nuqtasiga tarqalishini ko’raylik. Gyuygens — Frenel printsipiga ko’ra, Q manbadan R nuqtaga kelayotgan to’lqinni qo’shimcha S sirtda joylashgan hayoliy manbalardan kelayotgan to’lqinlar yig’indisi bilan almashtiriladi. S sirt sifatida Q dan kelayotgan sferik to’lqin sirti olinadi. Bunda S sirt, har bir zona chetlaridan R nuktagacha bo’lgan masofalar X/2 ga farkdanadigan halqasimon zonalarga bo’linadi (X — to’lqin uzunligi). Yuzlari o’zaro tent bo’lgan bunday zonalar Frenel zonalari deb ataladi. Agar S sirt o’rniga markazi o nuqtada bo’lgan doiraviy teshikli to’siq qo’yilsa, teshikka juft sondagi Frenel zonalari to’liq joylashgan holda R nuqtada qorong’ilik kuzatiladi; teshikka toq sondagi Frenel zonalari to’liq joylashgan holda esa R nuqtada to’lqin amplitudasi eng katta bo’lib, u to’siq umuman bo’lmagan holdagidan 2 marta katta bo’ladi (mk”b hollarda). Frenel zonalari usuli optika, radio va tovush to’lqinlarini o’rganish va boshqalarda qo’llandi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz