Фредерик Сэнгер




Frederick Sanger (kir. Фредерик Сэнгер ; 13-avgust 1918, Rendkomb — 19-noyabr 2013, Kembrij) ingliz biokimyogari boʻlgan. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1954-yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1939). 1951-yildan Tibbiyot tadqiqotlari kengashi aʼzosi va shu kengashning molekular biologiya laboratoriya rahbari boʻlgan. Asosiy ilmiy ishlari oqsillar kimyosiga oid. Insulinning tuzilishini (1945-yildan) tekshirish natijasida uning umumiy formulasi — CHNOS, 3 ta sulfid koʻprik va 2 ta zanjirdan iboratligini: A zanjir 21 ta, B zanjir esa 30 ta aminokislota qoddigʻidan tashkil topganligini isbotlagan (1949—54). DNKning birlamchi strukturasini tahlil qilish usulini taklif etgan (1977). Ikki karra Nobel mukofoti laureati (1958; 1980, Paul Berg, Walter Gilbert bilan hamkorlikda).

Sanger 2013-yil 19-noyabrda Kembrijdagi Addenbrooke kasalxonasida vafot etdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz