Фредди Меркьюри
Freddie Mercury (talaffuzi: Freddi Merkyuri); asl ismi
Farruh Balsara ; 5 sentabr, 1946 — 24 noyabr, 1991) britan musiqachisi, Queen rok-guruhi yakkaxoni boʻlgan. Vokal qobiliyati va konsertlari bilan eʼtibor qozongan. Shoir va bastakor sifatida „Killer Queen“, „Bohemian Rhapsody“, „Somebody to Love“, „We Are the Champions“ va „Crazy Little Thing Called Love“ kabi xit-qoʻshiqlarning muallifi boʻlgan. Mercury OITS asoratlaridan vafot etgan.
uz.wikipedia.org