FRANTSIYA-PRUSSIYA URUSHI



FRANTSIYA-PRUSSIYA URUSHI (1870-71) — Yevropada o’z gegemonligini saqlab qolishga harakat qilgan va Germaniyani birlashishiga qarshi turgan Frantsiya va bir qator german davlatlari bilan unga muxolif bulgan Prussiya o’rtasidagi urush. Urush jarayonida Frantsiyadagi ikkinchi imperiya qulagan va Germaniyani Prussiya atrofida birlashtirilishi tugallangan. Sedan jangida (1870.1—2.9) frantsuz armiyasi tor-mor qilingan. Prussiya qo’shinlari Frantsiyaning katta qismini bosib olishgan, 1871 yildagi Parij kommunasini bostirishda qatnashishgan. Frantsiya-Prussiya urushi Frankfurt sulh shartnomasi (1871) bilan yakunlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz