FRANS I



FRANS I (1768-1835) — Avstriya hukmdori (1792 yildan; 1804 yildan Avstriya imperatori unvoniga ega bo’lgan). Gabsburglar sulolasidan. “Muqaddas Rim imperiyasi”ning so’nggi imperatori (1792-1806 yillarda Frans II nomi bilan). Yevropa monarxlarining Frantsiyaga karshi koalisiyasi tashabbuskorlaridan biri. Frans I davrida Avstriya 1792-1809 yillarda Frantsiya bilan bo’lgan 4 ta urushda yengilgan. Uning qizi Mariya Luiza 1810 yil Napoleon I ga turmushga chiqqan. Frans I — Napoleon imperiyasi barham topgach, Avstriya, Prussiya va Rossiya tomonidan tuzilgan Muqaddas ittifoq (1815) tashqi lotchilaridan biri.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz